Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Turizm rivojida yangi AT joriy qilish katta ahamiyatga ega” - Innovatsion markaz rahbari

Foto: KUN.UZ
2017 yilning 7 noyabr kuni “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi rivojlantirishda AKTdan foydalanish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda turizm sanoati hamda axborot texnologiyalari vakillari, innovatsion markaz rezidentlari va OAV xodimlari ishtirok etishdi.
Ma'lumki, axborot texnologiyalari turizm sohasini rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Hozirda iste'molchilar uchun cheklovlar deyarli mavjud emas: sayyohlar barcha ma'lumotlarni internet orqali qo‘lga kiritishi, chiptalar, restoran va mehmonxonani onlayn tarzda bron qilish imkoniga egadir.
“Mazkur seminarni tashkil qilishdan ko‘zlangan maqsad - turizm va AT tarmog‘i vakillarini bir-biri bilan o‘zaro tanishtirish va ularni hamkorlikka chorlashdan iborat. Sayyohlik tarmog‘i uchun hamkorlikdagi yangi AT mahsulotlarni joriy qilish xizmatlar sifatini yaxshilash imkonini beradi”, deya qayd etdi “Mirzo Ulugbek Innovation Center” innovatsiya markazi direktori Xurshid Sultonov.
Seminar davomida Hotspot.uz, MyTaxi, Workly kabi loyihalarning imkoniyatlari to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi. Ishtirokchilar seminarda yangi interaktiv sayyohlik xizmati - “Uzbekistan Pass” servisi bilan yaqindan tanishishdi.
Mavzuga oid

09:15
Pokistonda O‘zbekiston bo‘ylab o‘tuvchi motoralliga start berildi

20:35 / 05.08.2025
AQSh 5 ming dollardan 15 ming dollargacha garov evaziga viza berish dasturini ishga tushiradi

18:36 / 02.08.2025
O‘zbekistonliklar vizasiz kiradigan davlatlar ma’lum qilindi

09:25 / 28.07.2025