Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan Arab davlatlari ligasidan ham chiqarib yuboriladimi?

Foto: RIA "Novosti"
Arab davlatlari ligasi (ADL) Livanning tashkilotdagi a'zoligini to‘xtatmoqchi emas. Bu haqda ADLning Rossiya Federatsiyasidagi vaqtinchalik vakili Malik Musli «Rossiya segodnya» xalqaro axborot agentligining matbuot-anjumanida ma'lum qildi.
«Saudiya Arabistoni Livanning Ligadagi a'zoligini to‘xtatishni talab qilsa, men shuni aytishim mumkinki, bu deyarli istisno qilingan. Tegishli mexanizmlar bor, sababi Liga – bu qator davlatlardir, shuning uchun bu mamlakatlar masalani hal qiladilar. Livanning a'zoligini to‘xtatish rejasi ham, bunday istak ham yo‘q», - deya xabar berdi Musli.
Livan bosh vaziri Saad Haririy, 4 noyabr kuni, Ar-Riyodda bo‘lib turgan paytida bosh vazir lavozimidan iste'foga chiqishi haqida ma'lum qildi. U «Hizbulloh» shialar harakati va Eronni Livan hamda arab dunyosida nafrat qo‘zg‘ashda ayblab, o‘ziga suiqasd qilishga tayyorgarlik ko‘rishayotganini bilib qolgani haqida aytdi.
«Hizbulloh» harakati yetakchisi Hasan Nasrulloh Haririning iste'fosi sabablarini Saudiya Arabistonidan izlash kerakligini ma'lum qilgan bo‘lsa, Eron Tashqi ishlar vazirligi Haririning ayblovlarini asossiz deb atadi. Nasrulloh, shuningdek, Ar-Riyod Haririni iste'foga chiqishga majbur qilgani va ehtimol uni Saudiya Arabistonida majburan ushlab turgan bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi.
Mavzuga oid

08:24 / 30.06.2025
Isroil armiyasi Livan janubiga hujum qildi

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi

23:03 / 23.02.2025