Saudiyada majburan ushlab turilgani aytilayotgan Saad Haririy bayonot berdi

Foto: AFP
Livan sobiq bosh vaziri, Saudiya Arabistonida go‘yoki majburan ushlab turilgan Saad Haririy «bir necha kundan» so‘ng uyiga qaytishi haqida ma'lum qildi. Buni u rasman iste'foga chiqish uchun qilmoqchi. Haririy bu haqda Future TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan, deb xabar bermoqda «Bi-bi-si».
«Men iste'foga chiqdim. Yaqin vaqt ichida Livanga boraman, hamda iste'foga konstitutsiyaviy usul bilan chiqaman», - deya aytib o‘tdi u.
Haririyning qo‘shimcha qilishicha, uning iste'fosi «Livan uchun jo‘nash nuqtasiga aylandi».
Shuningdek, uning ma'lum qilishicha, Saudiya Arabistonida uni majburan ushlab turishgani yo‘q.
«Men bu yerda erkinman. Agarda ertaga qayergadir jo‘nab ketishni xohlasam, buni qila olaman», - deya aytib o‘tdi u.
Avvalroq Livanning Arab davlatlari ligasidan chiqarib yuborilishi masalasiga oydinlik kiritilgandi.
Mavzuga oid

21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi

10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi

23:03 / 23.02.2025
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi

23:07 / 16.02.2025