Yo ostidan, yo ustidan. Oliy ligada yilning eng muhim uchrashuvlari
O‘zbekiston chempionatining 29-turidan o‘rin olgan uchrashuvlar ko‘p masalaga oydinlik kiritib berishi kutilmoqda. Aniqrog‘i bugun bir vaqtda boshlanadigan ikki o‘yin bilan mamlakat chempioni va vitse-chempioni kim bo‘lishi aniq bo‘lishi kutilmoqda.
Albatta chempion masalasida faqat nazariy jihatdan «Loko» bu ishni to‘liq bajarmagan, ammo aslida jamoa allaqachon chempionlik masalasini hal qilib bo‘lgan. «Dinamo»da esa bu unvonni ular rasmiylashtirishlari kerak bo‘ladi. Ammo kelgusi mavsum chempionlar ligasiga beriladigan yo‘llanma uchun kechayotgan kurash juda keskin tus oldi. Endilikda «Nasaf» va «Paxtakor» bu yo‘llanma uchun o‘zaro hisob-kitob qilishlari kerak bo‘ladi. OChL yo‘llanmasi uchun o‘yinning o‘zaro o‘yinda hal qilinishi esa uchrashuvga bo‘lgan qiziqishning ortishiga va hattoki, bo‘lajak chempion jamoa o‘yini emas, aynan mana yo‘ o‘yinning yil uchrashuvi maqomini olishiga xizmat qildi. Tribuna.Uz O‘zbekiston chempionatining eng muhim ikki o‘yini haqida batafsil to‘xtaldi.
O‘zPFL 29-tur
«Nasaf» - «Paxtakor»
Bosh hakam: Zokirjon Qodirov (Navoiy)
Qanot hakamlari: Obid Jumayev (Navoiy), Ruslan Samandarov (Navoiy)
Zaxira hakami: Shuhrat Rajabov (Buxoro).
Nazoratchi: Alisher Abdullayev (Toshkent)
O‘zPFL vakili: Bobur Haydarov.
O‘yin oldidan
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, uchrashuv kumush medal va xaqlaro maydon yo‘llanmasi sohibini aniqlab berish kutilmoqda. Uchrashuvda mehmonlarni faqat g‘alaba qoniqtiradi. «Nasaf» esa durang evaziga ham bu o‘rnini saqlab qolishi mumkin.
«Nasaf» chempionatning keyingi o‘n uchrashuvida ketma-ket g‘alaba qozondi. «Paxtakor»ning g‘alabali seriyasi beshtaga teng. Ushbu o‘nta uchrashuvda, futbolchilarimiz raqiblari darvozasiga 27ta to‘p kiritishdi. O‘z darvozasidan esa atigi 1ta to‘p o‘tkazib yubordi.
O‘zaro uchrashuvlar tarixi
Qarshida o‘tkazilgan o‘zaro bahslarda «Nasaf» ustunlik qilmoqda. «Nasaf» uyida bu jamoalar shu paytgacha 20 marta chempionat uchrashuvlarida tuqnash kelishgan. Shularning 7tasida «Nasaf» g‘alaba qozongan, «Paxtakor» esa 6 marta g‘alabaga erishgan, qolgan 7 uchrashuvda murosa ko‘chasi tanlangan. Qarshidagi uchrashuvlarda darvozalarga jami 37ta to‘p kiritilgan. To‘plar nisbati bo‘yicha ustunlik «Nasaf» tomonida 20:17. «Paxtakor» so‘nggi bor Qarshida 2015 yili g‘alaba qozongan – 0:1. «Ajdarlar» o‘tgan yilgi Qarshidagi o‘zaro bahsda «sherlar»ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan.
O‘yin oldi faktlar
Bo‘lajak uchrashuvda mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev jamoani bosh murabbiy sifatida 150-uchrashuvda maydonga boshlab tushadi.
«Ajdarlar» bugun bu murabbiy qo‘l ostida ikkinchi marta kumush medallarni qo‘lga kiritishga yaqin. Berdiyev uchun bosh murabbiy sifatida, ilk kumush medali bo‘ladi.
«Nasaf» o‘z tarixida, oliy ligadagi 350-g‘alabasini nishonlashi mumkin.
«Dinamo» – «Lokomotiv»
Boshlanish vaqti: 14:00
Hakamlar: A. Asimov (Toshkent), A. Snetkov (Toshkent vil.), A. Tsapenko (Toshkent vil.), N. Qosimov (Qarshi).
Nazoratchi: A. Xotamov (Toshkent)
PFL vakili: V. Lyotkin.
O‘yin oldidan
Samarqandda bo‘lib o‘tadigan uchrashuv esa chempionlik masalasiga oydinlik kiritishi kutilmoqda. «Lokomotiv» ushbu uchrashuvda g‘alabaga erishish orqali mavsum yakunlanishiga 1 tur qolganida muddatidan avval chempionlik unvoniga ega chiqadi. Bu orqali «temiryo‘lchilar» ketma-ket ikkinchi yil Oliy Liga yetakchiligini saqlab qolgan bo‘lishadi.
O‘zaro o‘yinlar tarixi
«Dinamo» hamda «Lokomotiv» jamoalari milliy chempionatlarimiz doirasida shu paytga qadar 23 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. O‘zaro o‘yinlardagi natijalarda hozircha tenglik: Ya'ni har ikki jamoa ham 10 martadan g‘alabaga erishgan, 3ta uchrashuvda esa durang qayd etilgan. Bugungi bellashuvda g‘alaba qozonadigan klub o‘zaro o‘yinlar tarixida raqibidan o‘zib ketishga muvaffaq bo‘ladi.
O‘yin oldi fakt
«Dinamo» so‘nggi bor «Lokomotiv»dan o‘z uyida 2013 yilda ustun kelgan. O‘shanda samarqandliklar 1:0 hisobida zafar quchishgan edi. Shundan so‘ng «Loko» ushbu raqibga umuman yutqazmasdan kelmoqda.
Azamat Murodov tayyorladi
Mavzuga oid

14:08 / 14.04.2025
«Paxtakor» yana yutqazdi, peshqadam yana o‘zgardi

13:44 / 30.03.2025
«Paxtakor» Toshkentda «Dinamo»ga yutqazdi, OKMK yaqqol peshqadam

03:09 / 12.03.2025
«Paxtakor» «Al Hilol»ga yirik hisobda yutqazib, Elit OChLni tark etdi

23:19 / 04.03.2025