Yosh olimlardan kimlar xorijiy stajirovka o‘tashga yuboriladi?

Foto: iStock
Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasining qarori (2017 yil 15 noyabr) bilan Yosh olimlarni yetakchi xorijiy ilmiy markazlar va universitetlarga qisqa muddatli ilmiy stajirovkaga yuborishni tashkil etish bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.
Hujjatga ko‘ra, xorijiy ilmiy stajirovka o‘tashga quyidagi talablarga javob beradigan ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining ilmiy va texnik-muhandis xodimlari yuboriladi:
• xorijiy tillarni yetarli darajada biladigan (TOEFL - 500 dan kam bo‘lmagan yoki IELTS - 4,5 dan kam bo‘lmagan), zarur amaliy tajribaga ega bo‘lgan;
• tibbiy sog‘lom va dispanser ro‘yxatida turmagan;
• yoshi 25 dan 45 gacha bo‘lgan.
Stajirovkaning davomiyligi 3-6 oyni tashkil etadi.
Fan va texnologiyalar agentligi ilmiy stajirovkalarga yuborish bo‘yicha tanlov o‘tkazish haqidagi e’lonni tanlov o‘tkazishdan 2 oy oldin OAV, shuningdek internet-nashrlar va o‘zining saytiga joylashtiradi.
Ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari bevosita bo‘ysunuvchi vazirlik yoki idoralar Agentlikka stajirovka o‘tashga nomzodlarning quyidagi hujjatlarini taqdim etadi:
• Buyurtmachining yo‘llanma xati va stajirovkaga yuborish rejasi;
• ilmiy-tadqiqot muassasasi (oliy ta’lim muassasasi) tomonidan tasdiqlangan va qabul qiluvchi tomon bilan oldindan kelishilgan, ilmiy stajirovka taklifnomasi va dasturi loyihasi;
• nomzodlarning ma’lumotnoma-obektivkasi (anketa);
• nomzodlarning oliy ma’lumoti to‘g‘risidagi diplomining nusxasi;
• nomzodlarning ilmiy darajasini, ilmiy unvonini tasdiqlovchi diplomlarning nusxasi (agar mavjud bo‘lsa);
• nomzodlarning mehnat daftarchasining nusxasi;
• nomzodlarning pasportining nusxasi;
• nomzodlarning 3x4 sm o‘lchamdagi oq fondagi 4 ta rangli fotosurati;
• nomzodlarning chet tilidan bilim darajasini belgilovchi amaldagi milliy yoki xalqaro sertifikat (Milliy kvalifikatsiya sertifikati, IELTS, TOEFL va shu kabilar) (agar mavjud bo‘lsa).
Ko‘rsatilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish, mutaxassislik fanidan chet tilida suhbat o‘tkazish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha bilim darajasi va ko‘nikmalarini aniqlash bevosita Buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi.
Buyurtmachilarning stajirovkalar bo‘yicha takliflari 10 kun ichida Agentlik tomonidan umumlashtiriladi va maxsus ekspert guruhiga xulosa olish uchun kiritiladi. Ekspert guruhi bir oy ichida takliflarni ko‘rib chiqadi va yakuniy xulosani Agentlikka taqdim etadi. Agentlik tanlov natijalarini umumlashtiradi va ularni tasdiqlash uchun Fan va texnologiyalar bo‘yicha davlat komissiyasiga taqdim etadi.
Hujjat 2017 yil 16 noyabrda kuchga kirdi.
Mavzuga oid

10:12 / 18.03.2025
Ovloq va xavfli joy. Antarktidadagi bazada olimlar o‘z hamkasbidan qutqarishni so‘ramoqda

14:56 / 14.09.2024
O‘zbekistonlik talabalar uchun Polshada haq to‘lanadigan stajirovkalar tashkil qilinishi mumkin

21:51 / 04.06.2024
Advokat stajyoriga o‘rindoshlik asosida stajirovka o‘tashga ruxsat berildi

11:40 / 21.02.2024