Fransiya Kerimovni soliqlarni to‘lamaganlikda ayblamoqda

© RIA Novosti / Sergey Guneyev
Rossiya senatori Sulaymon Kerimovga pullarni noqonuniy yo‘llar bilan o‘tkazish va soliqlarni to‘lashdan bosh tortish aybi ilgari surildi. Bu haqda RIA Novostiga Nitstsa prokurori Jan-Mishel Pretr ma'lum qildi.
"Unga nisbatan soliqlarni to‘lamaslik va bu mablag‘larni noqonuniy o‘tkazish aybi e'lon qilindi. Endi sud ehtiyot chorasi ko‘rish masalasini hal etadi", — degan prokuror agentlikka.
Kerimov Fransiya politsiyasi tomonidan 20 noyabr kuni hibsga olingan edi. 22 noyabrda uni so‘roq qilishgan. Sud tergovchisi unga ayblov e'lon qilish yoki qilmaslik masalasini hal etadi. Shundan kelib chiqib sud ehtiyot chorasini tanlaydi.
"Bu qamoqqa olish ham bo‘lishi mumkin yoki uni shunchaki ozod etishlari ham ehtimol. Yo bo‘lmasa ba'zi shartlar bilan ozod etishlari mumkin, masalan, chiqib ketmaslik bo‘yicha shart bilan", — degan prokuror RIA Novostiga.
Mavzuga oid

22:50 / 15.05.2025
Makron va ro‘molcha: nima gap o‘zi?

12:15 / 14.05.2025
Emmanuel Makron: Parij Ukraina armiyasini kuchaytirishda davom etadi

16:46 / 13.05.2025
Jyerar Deparde jinsiy zo‘ravonlik ishi bo‘yicha shartli qamoq jazosiga hukm qilindi

11:04 / 10.05.2025