Qirg‘izistonda barcha davlat xizmatchilari qirg‘iz tilini bilishlari shart qilib qo‘yildi

Qirg‘izistonda 2019 yildan barcha davlat xizmatchilari qirg‘iz tilini tayanch (boshlang‘ichdan yuqori) darajada bilishlari shart qilib qo‘yildi. Mamlakat bosh vaziri Sapar Isakov bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.
Hukumat qaroriga ko‘ra, davlat va munitsipal xizmatchilar, yuqori, bosh ma'muriy lavozimlarni egallovchilar davlat tilini quyidagilardan past bo‘lmagan darajada bilishlari shart:
tayanch daraja (A2) – 2019 yildan;
o‘rta daraja (V1) — 2020 yildan;
o‘rtadan yuqori daraja (V2) — 2021 yildan.
2018 yil 1 martdan barcha davlat va munitsipal xizmatchilar davlat tilini egallaganlik bo‘yicha majburiy sinovdan o‘tkaziladilar.
Davlat xizmatchilarining qirg‘iz tilini tegishli darajada egallaganliklari 2019 yil 1 yanvardan baholana boshlanadi.
Mavzuga oid

15:47 / 01.07.2025
Qirg‘iziston oliygohida mamlakatga umuman kelmagan o‘zbekistonlik talabalar aniqlandi

15:31 / 01.07.2025
Qirg‘iziston O‘zbekiston tomonidan berilgan yer uchastkalarini rasmiylashtirishni yakunladi

14:45 / 27.06.2025
G‘aznani o‘mardingmi, 10 barobar qilib qaytarasan – Sadir Japarov

14:20 / 26.06.2025