Toshkent shahar IIBB «Tozalash-Antiterror» tadbirlariga izoh berdi

Foto: Kun.uz
27 noyabr kuni Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida keng qamrovli «Tozalash-Antiterror» kompleks umumprofilaktik va tezkor tadbirlari o‘tkazilishi munosabati navbatdan tashqari brifing o‘tkazildi. Poytaxt hududida jinoyatlarni barvaqt aniqlash va huquqbuzarliklarni profilaktika qilish maqsadida joriy yilning 20 noyabr kunidan 26 dekabr kuniga qadar o‘tkaziladi.
Toshkent shahar IIBB rasmiy vakili Doniyor Toshxo‘jayevning alohida uqdirishicha, ushbu tadbirlar yaqinlashib kelayotgan bayramlar avvalida shahar mehmonlari va fuqarolarining xavfsizligi hamda tinchligini ta'minlashga xizmat qiladi.
Toshxo‘jayevning ma'lum qilishicha, “Pasport-viza”, “Qidiruv”, “Oriyat”, “Arsenal”, “Hamkor”, “Nazorat”, “Davomat” va “Bumerang” kabi tadbirlar reja asosida amalga oshirilmoqda. Belgilangan vazifalarni samarali o‘tkazish maqsadida 1.500 dan ortiq yo‘nalishlar tashkil etilgan.
Toshkent shahrida joylashgan ko‘p qavatli uylarda joylashgan xonadonlar, yakka tartibdagi xususiy uy-joylar, korxona, tashkilot va muassasalar, mehmonxonalar va yotoqxonalar, chordoq va yerto‘lalar, kafe-bar va restoranlar hamda boshqa obektlar tekshirildi.
Bundan tashqari shahar hududida diniy muhitni sog‘lomlashtirish turli-xil yot g‘oyalarni fuqarolarimiz orasida tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida diniy idora vakillari bilan hamkorlikda oliy o‘quv yurtlarida 15 ta uchrashuvlar tashkil etildi.
Shuningdek “Qidiruv” tezkor tadbiri o‘tkazilib, unda og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyat sodir etib, qonun va fuqarolar oldida javob berishdan yashirinib yurgan fuqarolarni aniqlash maqsadida qidiruv ishlari olib borilmoqda. Natijada:
-132 ta jinoyatlar qayd etilib, shundan 117 tasi fosh etildi;
-13 ta giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlanib, 2024,66 gramm giyohvandlik moddalari daliliy ashyo sifatida olindi;
-32 nafar qidiruvdagi jinoyatchilar aniqlanib ushlandi,
-5 nafar bedarak yo‘qolganlar aniqlandi.
Mavzuga oid

13:34 / 12.02.2025
Doniyor Toshxo‘jayev 7 yilga qamaldi

12:19 / 12.02.2025
Allamjonovga suiqasdda ayblangan Javlon Yunusov 18 yilga qamaldi

18:07 / 24.11.2024
IIV tuzilmasida Doniyor Toshxo‘jayev va yana ikki mansabdor lavozimidan ozod etildi

20:55 / 12.12.2023