Afg‘oniston bosh vaziri navbatdagi sammitda o‘z mamlakatining ShHTga qo‘shilishi masalasini ko‘tardi
Afg‘oniston bosh vaziri Abdulla Abdulla ShHT hukumatlari rahbarlaridan kelgusi yig‘ilish kun tartibiga Afg‘onistonning Tashkilotga qo‘shilish masalasini kiritishni so‘radi.
"Biz ShHTning teng huquqli a'zosi bo‘lishdan manfaatdor ekanimizni tasdiqlaymiz va bu keyingi yig‘ilish kun tartibiga kiritilishini so‘raymiz", - dedi Abdulla Abdulla ShHT hukumatlar rahbarlari kengashining keng tarkibdagi yig‘ilishida.
Afg‘oniston bosh vazirining ta'kidlashicha, uning mamlakati terrorizmning barcha ko‘rinishlari bilan kurashni ilgari surmoqda.
"Biz buni qat'iyat bilan amalga oshiryapmiz va bu yo‘lda katta yo‘qotishlarni boshdan kechiryapmiz, fuqarolarimiz va huquqni muhofaza qilish organlari vakillarimiz terrorchilarning hududimizga kirmasligi uchun astoyidil harakat qilishmoqda", - dedi u. Abdulla Abdulla uning mamlakati terrorizmga qarshi kurashishda davom etishini ishonch bilan ta'kidladi va boshqa davlatlarni bu yo‘nalishda hamkorlik qilishga chaqirdi.
Bugungi kunda Afg‘oniston kuzatuvchi maqomiga ega.
Mavzuga oid

15:55 / 12.06.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston imtiyozli savdo to‘g‘risida bitim tuzdi

16:56 / 10.06.2025
Shavkat Mirziyoyev: Ukraina bilan bog‘liq vaziyatni faqat diplomatik yo‘llar bilan hal etish lozim

16:48 / 05.06.2025
O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

13:21 / 04.06.2025