Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya TIV: Gulen AQSh kongressi va sud instansiyalariga o‘z odamlarini kiritgan

Foto:aa.com.tr
Fathulla Gulen tarafdorlari AQSh tuzilmalariga, jumladan kongress va sud instansiyalariga kirib olganlar. Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu ma'lum qildi, deb xabar bermoqda “Anadolu” axborot agentligi.
Chovusho‘g‘luning aytishicha, Gulen oqimi o‘z odamlarini AQSh davlat muassasalariga kiritish uchun ham qonuniy, ham jinoiy usullardan foydalangan.
“Turkiya hukumati Gulen tarafdorlari AQShda nimaga intilayotganlaridan yaxshi xabardor. Biz ular qanday kuchlardan foydalanishlarini bilamiz. Ehtimol, Gulen oqimi o‘zidan foydalanishga ijozat berar. Buning barchasi alohida masala”, deb aytgan Chovusho‘g‘lu va Anqara Gulen tarafdorlarini butun dunyo bo‘ylab ta'qib qilishiga va'da berdi.
Mavzuga oid

00:32
Tramp kelasi hafta Putin bilan uchrashishni rejalashtirmoqda – NYT

23:37 / 06.08.2025
Endi Rossiya o‘t ochishni to‘xtatishga ko‘proq moyil ko‘rinmoqda – Zelenskiy

22:50 / 06.08.2025
Pashinyan va Aliyev Vashingtonda Tramp huzurida uchrashadi

21:33 / 06.08.2025