Yevropada musulmonlar tobora ko‘payib bormoqda

Foto:aa.com.tr
Yevropa davlatlarida yashaydigan musulmonlar soni yaqin yillarda o‘sishda davom etadi. Bundan esa AQShning Pew Research Center ijtimoiy markazi o‘tkazgan tadqiqot natijalari darak bermoqda.
Germaniyaga pul topgani yoki boshpana izlab kelgan musulmonlar soni 2050 yilgacha umumiy aholining 6 foizidan 11 foizigacha oshadi. Yevropada esa bu nisbat 5 foizdan 11 foizgacha oshadi.
Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, 2010-2016 yillarda Yevropaga 1,6 mln qochqin kelgan bo‘lsa, ulardan 78 foizini musulmonlar tashkil qiladi. Germaniyaga kelganlarning 86 foizini musulmonlar tashkil qiladi.
Agar Yevropaga qochqinlar kelishi davom etaversa, unda musulmonlarning miqdori 2050 yilgacha 14 foizgacha oshadi. 2016 yilda esa bu ko‘rsatkich 4,9 foizni tashkil qilgan. Germaniyada esa bu ko‘rsatkich 6,1 foizdan 20 foizgacha oshadi.
Migratsiya nol darajada bo‘lgan ssenariyga ko‘ra 2050 yilga kelib Yevropada 30 mln musulmon bo‘ladi va ular umumiy aholining 7,4 foizini tashkil qiladi. Bu holat musulmon aholi o‘rtasida tug‘ilish darajasi yuqoriligi bilan bog‘langan.
Mavzuga oid

17:57 / 20.04.2025
WP: Yevropa Ukrainaga to‘g‘ridan to‘g‘ri qurol yetkazib berish o‘rniga uning mudofaa sanoatini qo‘llab-quvvatlamoqchi

11:50 / 15.04.2025
FT: Yevropa qurol konserni qurolga bo‘lgan talabni qondira olmayapti

08:41 / 08.04.2025
Ozarboyjon Yevropaga gaz yetkazib berishda Rossiya o‘rnini egallamoqda

08:28 / 05.04.2025