Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Top-10: Startaplar uchun eng qulay shaharlar

Foto: EAST NEWS
Venture Beat dunyoning eng muvaffaqiyatli startaplari rivojlanayotgan shaharlarning yillik reytingini tuzdi. 2016 yilda Top-10dagi o‘zgarishlar ilk o‘nlikdagi o‘rinlarning biroz almashishi bilan cheklangan bo‘lsa, 2017 yilda Berlin bu ro‘yxatni tark etdi, Shanxay esa biryo‘la yettinchi pozitsiyada namoyon bo‘ldi. To‘rtinchi o‘rinni Los-Anjyeles va Stokholm bo‘lishib olishdi. Pekin esa yettinchi o‘rindan ikkinchi pog‘onaga ko‘tarildi va bu o‘rinni Tel-Aviv bilan bo‘lishdi.
Reytingni tuzishda 8 omil inobatga olingan: yangi startaplar ekotizimlarini moliyalashtirish, muhandislik iste'dodi, faol mentoring, texnik infratuzilma, startaplarning umumiy madaniyati, qonunchilik va siyosiy infratuzilma, iqtisodiy fondlar, shuningdek startaplarni rivojlantirishga yo‘naltirilgan hukumat dasturlari. Shaharlar har bir punkt bo‘yicha maksimal 10 ball to‘plashi mumkin.
1. Kremniy vodiysi (77 ball);
2. Pekin (66 ball);
2. Tel-Aviv (66 ball);
4. Los-Anjyeles (65 ball);
4. Stokholm (65 ball);
6. Nyu-York (64 ball);
7. Shanxay (60 ball);
7. Seul (60 ball);
9. Boston (58 ball);
10. London (54 ball).
Top-10 ro‘yxatiga kirmagan, biroq katta umid bag‘ishlovchi davlatlar sifatida Parij, Singapur, Chikago va Shenchjen qayd etilgan.
O‘zgarishlarning asosiy sababi Osiyo bozoridagi venchur investitsiyalar bo‘ldi. Ular birinchi marta 19,3 milliard dollarga yetib, AQShni (18,4 milliard dollar) ortda qoldirishdi. Tendentsiya uchinchi chorakda ham davom etdi: eng yirik 10 venchur investitsiyaning oltitasi Osiyo startaplariga tegishli, bularning yarmi Xitoyda joylashgan.
Osiyo nafaqat yangi texnologiyalar yaratmoqda, balki ularni barchadan tezroq muomalaga kiritmoqda.
Shunisi qiziqki, Xitoydagi qishloqlar aholisi Shanxay va Pekindagi odamlardan tezroq boylik orttiradi. So‘nggi 40 yilda iqtisodiy bum Xitoy megapolislarini boyitdi, bu vaqtda esa mamlakatning katta qismi nochorligicha qolgan. Endi yangi texnologiyalar umumiy bozorni kengaytirib, shahar va qishloq o‘rtasidagi tafovutni o‘chirish imkonini bermoqda.
Tavsiya etamiz
Germaniyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi
Jamiyat | 15:33 / 23.07.2025
O‘zbekistonda iPhone narxlari qimmatlashdi. Nega?
Iqtisodiyot | 21:38 / 22.07.2025
Toshkentda bemorga shilqimlik qilgan shifokor 5 sutkaga qamaldi
Jamiyat | 15:28 / 22.07.2025
Tarkibida kuchli ta’sir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi qahvalar savdosiga chek qo‘yildi
Jamiyat | 09:27 / 22.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Svet o‘chmagan kun yo‘q: Toshkent elektrsiz qiynalmoqda
O‘zbekiston | 23:59 / 25.07.2025
-
Qo‘riqxonada davom etayotgan yong‘in, «Ishdagi ishq» mojarosi, Navoiyni zaharlayotgan korxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:53 / 25.07.2025
-
Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi
O‘zbekiston | 23:49 / 25.07.2025
-
O‘zbekistonda pensiya miqdori qanday hisoblanadi? – muhim savollarga javoblar
O‘zbekiston | 23:34 / 25.07.2025
Mavzuga oid

22:45 / 25.07.2025
O‘zbekiston pasporti dunyo reytingida 74-o‘rinni egalladi

15:05 / 10.07.2025
Ish va hayot balansi eng yaxshi bo‘lgan davlatlar reytingi tuzildi

15:47 / 27.06.2025
Fitch O‘zbekiston suveren reytingini «BB-»dan «BB»ga o‘zgartirdi

10:33 / 23.06.2025