Dunyodagi eng uzun lag‘mon Ginnes rekordlar kitobiga kirdi (video)
Xitoyning Xenan viloyatida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi kompaniya xodimlari uzunligi 3084 metrdan ko‘proqni tashkil etuvchi lag‘monni tayyorlashning uddasidan chiqishdi.
Bu ko‘rsatkich Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi. Ginnesning rekordlar kitobi rasmiy vakili Jon Garland taxminan 17 soat davom etgan jarayonni diqqat bilan kuzatib bordi.
Lag‘monni o‘lchash uchun esa uch soat vaqt talab etildi. Murakkab jihati shundan iborat bo‘ldiki, lag‘mon ulangan bo‘lishi kerak emasdi, ya'ni xamirdan biron joyida ham uzilmay tayyorlanishi kerak bo‘ldi.
Bunday taomni tayyorlash uchun 40 kilogramm un, 26,8 litr suv hamda 0,6 kilogramm tuz talab etildi.
Mavzuga oid

08:20 / 26.04.2025
Baxtiyor Saidov Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashdi

17:55 / 25.04.2025
Xitoy AQShning ayrim tovarlariga nisbatan yuqori bojlarni bekor qilmoqda - OAV

13:32 / 25.04.2025
Apple AQSh bozori uchun iPhone ishlab chiqarishni Hindistonga ko‘chirmoqchi

21:11 / 24.04.2025