Dunyodagi eng katta samolyot ilk bor sinovlarga olib chiqildi (video)
Dunyodagi eng katta samolyot Stratolaunch ilk bor angardan chiqarilib, AQShdagi Moxave cho‘lida joylashgan aerodromning uchish-qo‘nish polosasida harakatlandi.
Bu haqda ushbu samolyot loyihasining rahbari, milliarder Pol Allen tvitterda ma'lum qildi.
Samolyot qanotlari qulochi 117 metrni, vazni 250 tonnani tashkil qiladi. Samolyot 240 tonna yuk ko‘tara olishiga umid qilinmoqda. Samolyotda Boeing 747-400’ samolyotlaridan yechib olingan 6 ta Pratt & Whitney turboreaktiv dvigatellari o‘rnatilgan.
Samolyot stratosferaga raketalarni olib chiqib, so‘ngra o‘z bortidan ularni koinotga uchirish maqsadida yaratilgan. Samolyot ilk sinov parvozini 2019 yilda amalga oshirishi kutilmoqda.
Mavzuga oid

22:02 / 12.05.2025
HAMAS garovdagi so‘nggi amerikalikni ozod qildi

13:31 / 12.05.2025
Eron va AQSh yadro dasturi bo‘yicha muzokaralarni qayta boshladi

13:27 / 12.05.2025
AQSh–Xitoy savdo urushi 90 kunga muzlatilmoqda

13:15 / 12.05.2025