Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endi haydovchilardan tibbiy ma'lumotnoma talab etilmaydi

Foto: KUN.UZ
O‘zbekiston hukumati transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida haydovchilikka yaroqlilik tibbiy ma'lumotnomasini taqdim qilish talabini bekor qildi.
Transport vositasini boshqarishga yaroqlilik tibbiy ma'lumotnomasi transport vositasi egasi yoki u tomondan vakolatli shaxs uchun transport vositasini texnik ko‘rikdan o‘tkazish vaqtida boshqa kerak bo‘lmaydi.
Ma'lumotnoma O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 20 dekabrdagi qaroriga ko‘ra, talab etiluvchi hujjatlar ro‘yxatidan chiqarilgan. Qarorda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatishda talab etiluvchi hujjatlar va ma'lumotlar ro‘yxatini qisqartirish ko‘zda tutilgan.
Ma'lumotnomaning notarial tasdiqlangan nusxalari xorijdagi faoliyat uchun zarur bo‘lgan yoki xorijda berilgan hujjatlar uchungina talab etiladi.
Mavzuga oid

15:24 / 15.07.2025
Migrantlarga Rossiyaga kirishda tibbiy ma’lumotnoma taqdim etish majburiyati yuklanishi mumkin

14:36 / 14.07.2025
Lift yiliga kamida bir marta majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi

10:28 / 26.02.2025
Bolalarni bog‘chaga qabul qilishda qanday tibbiy ma’lumotnomalar talab qilinadi?

11:26 / 12.02.2025