Donald Tramp: «Oq uy uchun saylovda Oprani ham yutaveraman»

Foto: Reuters
Teleboshlovchi Opra Uinfri 2020 yilgi AQSh prezidentligi saylovida ishtirok etishga qiziqish bildirgani to‘g‘risidagi xabar tarqaganidan so‘ng, amaldagi prezident Donald Tramp bunday munosabatga baho berdi.
Reuters muxbirining xabar qilishicha, Donald Tramp «Oq uy uchun saylovda Oprani ham yutishini» bildirgan.
Aslida Uinfrining «Oltin globus» mukofotini topshirish marosimida yangragan nutqi bunga shama qilgani bildirilgandi. O‘shanda u «Ushbu zaldagi ko‘plab ajoyib ayollar va ayrim munosib erkaklar yetakchi bo‘lish uchun qat'iyat bilan kurashmoqda», degandi.
Uinfrining nutqidan keyin AQShning bir qator ommaviy axborot vositalari teleboshlovchi 2020 yilgi saylovlarda ishtirok etish imkonini o‘ylayotgani haqida gap tarqatishgan.
Amaldagi prezidentning Matbuot kotibi Xogan Gidli bundan avval, Donald Trampning 2020 yilgi saylovlarda ikkinchi muddatga prezidentlikka nomzodini ilgari surishini tasdiqlagan.
Mavzuga oid

20:54 / 22.08.2024
Demokratlar qurultoyining uchinchi kuni: «murabbiy» Uolz va «mustaqil saylovchi» Opra Uinfri

10:29 / 12.08.2020
Tramp dunyodagi bosh muammoni ma'lum qildi

07:30 / 11.08.2020
Tramp Oq uy oldidagi otishma sababli matbuot anjumandan olib chiqib ketildi

22:47 / 10.08.2020