Jahon | 18:50 / 12.01.2018
20744
1 daqiqa o‘qiladi

Ostonada sichqonlar bankomatdagi pullarni “yeb qo‘ydi” (Video)

Internetda Ostonada sichqonlar bankomatdagi pullarni “yeb qo‘ygani” videosi tarqaldi. Ta'kidlanishicha, sichqonlar bankomatga qor bo‘ronidan berkinib kirib olgan hamda uning ichidagi pullarni kemirib, yaroqsiz holga keltirgan.
     
“Haqiqatan ham Ostona yaqinida joylashgan bankomatlardan birida inkassatsiya vaqtida bir juft sichqon aniqlangan. Ko‘rinishicha, ular sovuq havodan boshpana qidirib, bankomat ichiga kirib olgan. Hozir biz voqea tafsilotlarini aniqlashtirmoqdamiz. Kemiruvchilarga hech nima xavf solmayapti”, deb izoh berilgan voqeaga mamlakatning banklaridan birida.

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

Mavzuga oid