Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an suriyalik kurdlar kuchlariga qarshi operatsiya boshlanishi mumkinligini aytdi

Foto: Presidential Press Service, pool
Turkiya armiyasi bir hafta ichida Suriyaning shimoli-g‘arbidagi, suriyalik kurdlar mudofaa kuchlari (YPG) nazoratida bo‘lgan Manbij va Afrin shaharlarida operatsiya boshlashi mumkin. Bu haqda Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ma'lum qildi.
“Agar bizga berilgan va'dalar (AQSh tomondan YPG’ning olib chiqilishi – tahr.) bajarilmasa, Manbijda vaziyatni o‘z qo‘limizga olamiz. Ular bir haftadan keyin nima qilishimizni ko‘rishadi. Agar Afrinda terrorchilar taslim bo‘lmasa, biz ularning kallasini uzib tashlaymiz”, deb aytgan Erdo‘g‘an Elyazig viloyatidagi nutqida.
Erdo‘g‘anning aytishicha, AQSh Suriyaga YPG uchun qurol ortilgan 4900 ta yuk mashinasi va 2000 ta samolyot jo‘natgan. “Bu ittifoqdoshlik emas. Siz YPG’ga qurol berib, qanday qilib biz bilan strategik hamkorlik haqida gapira olasiz? Buni hech kim hazm qilmaydi. AQSh terrorchilar bilan hamkorlik uning milliy manfaatlariga ziyon yetkazmaydi deb o‘ylab, o‘z-o‘zini aldamoqda. O‘z pinjiga ilonni olgan, buning oqibatlariga duch keladi”, deb aytgan Erdo‘g‘an.
Anqara Vashingtonni YPG’ga harbiy ko‘mak berishda bir necha marotalab qoralagan.
Mavzuga oid

21:16
Zelenskiy Tramp bilan urushni to‘xtatish bo‘yicha «samarali suhbat» o‘tkazdi

20:35
AQSh 5 ming dollardan 15 ming dollargacha garov evaziga viza berish dasturini ishga tushiradi

18:49
Tramp: agar neft narxi yana 10 dollarga tushsa, Putin odamlarni o‘ldirishni to‘xtatadi

11:15