«Boko Harom» 2014 yilda o‘g‘irlab ketgan qizlar haqida yangi ma'lumot berildi

Foto: AP
«Boko Harom» radikal guruhi jangarilari yangi videoni e'lon qilishdi. Unda 2014 yilning aprel oyida Nigeriyaning Chiboka shahridagi o‘rta maktabdan o‘g‘irlab ketilgan qizlar tasvirlangan, deb xabar bermoqda Reuters.
Rolik 21 daqiqa davom etadi, unda 12 qizdan iborat guruhni ko‘rish mumkin.
Ulardan biri esa hech qachon uyga qaytmasliklarini aytgan.
«Boko Harom» a'zolari 2016 yilning avgustida ham videorolik e'lon qilgandi, unda maktab o‘quvchilaridan biri bo‘lgan qiz Nigeriya hukumatidan guruhning qamoqdagi jangarilarini qizlar evaziga ozod qilishni talab qilgan.
«Boko Harom» - radikal guruh bo‘lib, Nigeriya, Niger, Chad va Kamerunda harakat qiladi. 2015 yilning bahorida «Boko Harom» a'zolari IShID terrorchilik tashkilotiga sodiqlik keltirishdi.
Mavzuga oid

13:11 / 05.06.2025
Nigeriyada suv toshqinlari oqibatida 500 dan ortiq kishi bedarak yo‘qoldi

17:47 / 30.05.2025
Nigeriyada jangarilarga qurol sotib kelgan askarlar ushlandi

10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi

18:10 / 20.02.2025