Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladesh va Myanma rohingya musulmonlarini vataniga qaytarish bo‘yicha qarorga keldi

Foto: Prezident matbuot xizmati
Bangladesh va Myanma rasmiy vakillari seshanba kuni rohingya qochqinlarining repatriatsiyasi (asirlar, qochoqlar va ko‘chirma bo‘lganlarni o‘z vataniga qaytarish) bo‘yicha kelishuvni ishlab chiqish jarayonini yakunlashdi, u bu jarayon boshlanganidan so‘ng ikki yil davomida tugashi kerak. Bu haqda Bangladeshning Daily Star gazetasi xabar berdi.
Ikki mamlakat vakillarining uchrashuvi Myanma poytaxti, Neypido shahrida bo‘lib o‘tdi. Hujjat matniga ko‘ra, Bangladesh beshta tranzit punktini tashkil etadi, qochqinlar ular orqali Myanma hududida rohingyalarni qabul qilish va vaqtinchalik yashashi uchun ikkita lagerga keladi.
Myanma hukumatining ijtimoiy ta'minot va ko‘chib o‘tish ishlari bo‘yicha vaziri Vin Myatning xabar berishicha, repatriatlar uchun vaqtinchalik lager bir vaqtning o‘zida 30 mingga qadar insonni qabul qilishi mumkin bo‘lgan, har biri 80 kishiga mo‘ljallangan muvaqqat yog‘och uylardan iborat bo‘ladi. Vaqtinchalik lagerda repatriatlar qisqa muddat davomida bo‘lishib, bu yerdan uylariga va qishloqlariga yoki yangi qishloqlarga ko‘chib o‘tishlari bilan chiqib ketishadi.
Mavzuga oid

08:39 / 05.08.2025
Bangladeshda sobiq bosh vazirga qarshi ish sirtdan ko‘rib chiqiladi

21:32 / 04.08.2025
Bangladeshda sobiq bosh vazir Shayx Hasina ustidan sirtdan sud boshlandi

15:37 / 21.07.2025
Bangladeshda harbiy samolyot kollej hududiga quladi, kamida 19 kishi halok bo‘lgan

22:27 / 01.06.2025