Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Netanyaxu AQSh elchixonasi bo‘yicha bayonot berdi

Foto: CNN
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning aytishicha, AQSh o‘z elchixonasini Tel-Avivdan al-Qudsga yil oxiriga qadar ko‘chiradi. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
U bunday bayonotni Hindistonga rasmiy tashrifi davomida bergan.
Shu bilan birga, AQSh davlat kotibi Reks Tillerson avvalroq elchixonani ko‘chirish ishlari bir yildan ortiq vaqtni talab qilishi haqida aytgandi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, joyni olish, qurilish rejasini tuzish, barcha ruxsatnomalarga ega bo‘lish va binoni barpo etish kerak.
Biroq, agarda Netanyaxuning taxmini amalga oshadigan bo‘lsa, AQSh yangi bino qurilishini kutib o‘tirmasdan, al-Qudsdagi ikkita konsullik inshootidan foydalanib turishi ham mumkin bo‘ladi.
Mavzuga oid

13:22
Germaniya AQSh bilan kelishilgan holda Ukrainaga ikkita Patriot'ni beradi

12:49
AQSh senatorlari Ukrainaga 55 mlrd dollar ajratishni taklif qildi

11:56
AQSh va NATO Ukrainaga qurol yetkazib berishning yangi mexanizmini yaratmoqda

23:57 / 01.08.2025