Uchuvchi parvozni bajarishiga bir necha daqiqa qolganda mastligi aniqlandi
Londondagi Getvik aeroportidan Mavrikiyga uchmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilar parvozni amalga oshirishi kerak bo‘lgan British Airways aviakompaniyasi uchuvchisi ustidan shikoyat qilishdi.
Daily Mail ma'lumotlariga ko‘ra, 2063-reys yo‘lovchilari uchuvchidan spirtli ichimlik hidi kelayotganini sezishgan va politsiya chaqirtirishgan. Politsiya uchuvchini darhol hibsga olgan.
300ga yaqin yo‘lovchi 18 yanvarda mahalliy vaqt bilan soat 20:20da Mavrikiyga uchishlari kerak bo‘lgan. Biroq reysni mast uchuvchi sababli 2,5 soatdan ko‘proqqa qoldirishga to‘g‘ri kelgan. Samolyot soat 22:56da havo ko‘tarilgan va 11 soatdan keyin Mavrikiyga muvaffaqiyatli qo‘ngan.
Uchuvchi ishdan bo‘shatilishi mumkin. Aviakompaniyaning o‘zida bu voqeaga izoh berilmagan.
Mavzuga oid

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

09:50 / 15.04.2025
London Ukrainaga ko‘p millionlik yordam taqdim etdi

13:26 / 13.03.2025