Jahon | 17:49 / 24.01.2018
6982
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada Berlin devorining noma'lum qismi topildi

Foto: AP

Germaniyalik tarixchi Kristian Bormann Berlin devorining avval noma'lum bo‘lgan bir qismini topdi. Devor GDR hukumati tomonidan 1961 yilda qurilgan, deb xabar bermoqda Die Welt.

Devorning 80 metr keladigan bir qismi Berlin markazidagi o‘rmonda, Raynikkendorf va Shenxolts tumani o‘rtasida joylashgan. Devorda tikanli simlar mustahkamlangan metall konstruksiyalarning ba'zi joylari hamon saqlanib qolgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Berlin meri Mixael Myuller Donald Tramp nomiga yozgan ochiq maktubini taqdim etgandi. Unda AQShning Meksika bilan chegarasida devor qurmaslikka chaqirilgan.

Mavzuga oid