O‘zbekiston | 09:23 / 25.01.2018
11073
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘iston va Xorazmda Qur'on musobaqasi davom etadi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida bugun 25 yanvar kuni Qur'on musobaqasining tuman-shahar bosqichlari davom etadi. Qur'on musobaqasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumanida o‘tkaziladigan saralash bosqichini O‘zbekiston Musulmonlar idorasining Youtube hamda Facebook sahifalarida onlayn kuzatish mumkin. Bu haqda Musulmonlar idorasi matbuot xizmati xabar qilmoqda. 

24 yanvarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tgan Qur'on musobaqasining hududiy bosqichlari g‘oliblari nomi e'lon qilindi.

Tilovat yo‘nalishi bo‘yicha quyidagilar g‘olib deb topildi. 

18-25 yosh
1. Ametniyazov Nurmuhammad
2. Qulaboyev Ikram
3. Boranbayev Aybek

26-40 yosh
1. Rafelapov Sultanboy
2. Djulaushiyev Aybek 
3. Allambergenov Ilham

Qoraqalpog‘iston Respublikasida xotin-qizlar o‘rtasida tashkil etilgan Qur'on musobaqasining ham g‘oliblari ma'lum bo‘ldi.

Qur'on musobaqasining hududiy saralash bosqichlari g‘oliblari quyidagilar.

Tilovat yo‘nalishi

18-25 yosh
1. Karimboyeva Aynura
2. Sadikova Hamida

26-40 yosh
1. Usmonova Nigoraxon
2. Aminova Zevar
3. Shapiyeva Qizlargul

Hududiy bosqichning g‘oliblari O‘zMI hamda homiylar tomonidan tashkil etilgan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Foto: Muslim.uz
Foto: Muslim.uz
Foto: Muslim.uz
Foto: Muslim.uz
Foto: Muslim.uz
Foto: Muslim.uz
Foto: Muslim.uz

 

Mavzuga oid