Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NASA Marsning panoramali videosini namoyish qildi (video)
NASA koinot agentligi Qizil sayyoraning Curiosity marsoxodi yordamida olingan panoramali videosini namoyish qildi.
Manzara Marsdagi Geyl krateridagi Vera Rubin tog‘ tizmasidan olingan suratlardan tashkil topgan. Suratga olish Marsdagi qishki quyosh turishi oldidan amalga oshirilgani sababli sayyorada osmon tiniq bo‘lgan, bu esa ko‘plab detallarni qayd qilishga imkon bergan.
Curiosity uchinchi avloddagi marsoxod bo‘lib, o‘zidan avtonom laboratoriyani aks ettiradi. Marsoxod Qizil sayyoraga 2012 yil 6 avgustda qo‘ndirilgan. 2018 yil boshigacha u Mars bo‘ylab 18 km yurib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan.

Mavzuga oid

22:00 / 17.07.2025
Marsning Yerdagi eng katta parchasi 5,3 million dollarga sotildi

00:02 / 04.07.2025
AQShda Marsdan tushgan meteorit auksion orqali sotuvga qo‘yiladi

20:43 / 11.05.2025
Olimlar Mars qa’rida ulkan ko‘l borligini aniqladi

01:03 / 08.05.2025