Shvetsiyada Rahmat Oqilov ustidan sud boshlandi

Foto: Aftonbladet
Stokholmdagi sud O‘zbekistonning 40 yoshli fuqarosi Rahmat Oqilovga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqa boshladi. U Shvetsiya poytaxtida 2017 yilning aprelida terrorchilik xurujini amalga oshirishda ayblanmoqda. Bu haqda Expressen.se xabar berdi.
Ushbu ish bo‘yicha ilk majlislarda Shvetsiya Milliy xavfsizlik xizmatidagi prokuror o‘rinbosari Xans Irman ishtirok etadi. Keyinchalik, 20 fevraldan so‘ng, Oqilovning o‘zi so‘roq qilinadi, shundan so‘ng sudda uning harakatlaridan u yoki bu darajada jabr ko‘rgan 150 dan ortiq kishi chiqish qiladi.
Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, sud eshituvlari 9 mayga qadar davom etishi mumkin, hukm esa yozning o‘rtalarida chiqariladi.
Oqilov 2017 yil 7 aprelda Stokholm markazidagi Drottninggatan ko‘chasida odamlarni bosgancha 550 metr yurib o‘tgan. Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, hujum oqibatida 15 kishi yaralangan, 5 kishi halok bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rahmat Oqilov odamlar ustiga yuk mashinasini haydab borishidan uch oy avval Shvetsiyaning SEPO xavfsizlik politsiyasi nazorati ostida bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid

22:40 / 17.04.2025
Skandinaviya muzliklari shiddat bilan eriyotgani ma’lum qilindi

14:55 / 16.04.2025
Shvetsiya kabellar qasddan uzilgani bo‘yicha hech qanday dalil topmadi

02:18 / 04.04.2025
Shvetsiya yadroviy urushga tayyorlanmoqda: mamlakatda 64 mingta bunker modernizatsiya qilinadi

23:40 / 31.03.2025