Hindistonda to‘y kuni gaz portlashi natijasida 20 kishi halok bo‘ldi

Foto: AFP
Hindistonning shimoli-g‘arbiy qismida to‘y tantanasi nishonlanayotgan joy yaqinida gaz balloni portlashi natijasida 18 kishi halok bo‘ldi. India Toda mahalliy politsiya bergan ma'lumotga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Voqea juma kuni kechqurun Rajaston shtatidagi Beavar shahrida ro‘y bergan. Portlash natijasida to‘y tantanasi o‘tayotgan bino qulagan. Qutqaruv xizmatlari vayronalar ostidan 9 kishining jonsiz tanasini olib chiqishgan, yakshanba kuni esa yana 9 nafar kishining jasadi topilgan.
Voqea natijasida yana 18 kishining jarohat olgani, 6 nafarining shifoxonadan qo‘yib yuborilgani, 5 nafar jabrlanuvchining ahvoli og‘ir ekani ma'lum qilindi. Mahalliy ma'muriyat vakili Gaurav Goyalning xabar berishicha, yana ikki kishi vayronalar ostida qolgan bo‘lishi mumkin, qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.
Shtat ma'muriyati vakili Vasundxar Rajning ma'lum qilishicha, hukumat halok bo‘lganlarning oilalariga kompensatsiya sifatida 200 ming rupiydan ajratadi, jabrlanuvchilarga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam esa kishi boshiga 50 ming rupiyni tashkil qiladi.

Mavzuga oid

15:38 / 26.04.2025
Trampning yangi rejasi, Putinning sulhi, Kiyevning talablari - Geosiyosiy hafta tahlili

15:34 / 26.04.2025
“Suv urushi” ehtimoli: Hindiston Pokistonni suvsiz qoldirish bilan tahdid qilmoqda

13:54 / 26.04.2025
G‘arbiy sohildagi quvg‘inlar, Falastin uchun kurashayotgan Harvard va portlatilgan rus generali - kun dayjesti

02:00 / 26.04.2025