Jahon | 08:58 / 07.03.2018
6474
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp kuyovini Meksika prezidenti bilan uchrashtiradi

Foto: Reuters

AQSh prezidenti Donald Trampning maslahatchisi va kuyovi Jared Kushner Mexikoga tashrifi davomida Meksika yetakchisi Enrike Penya Neto bilan uchrashuv o‘tkazadi. Bu haqda Expansion Meksika TIV xabariga asosan ma'lum qilmoqda.

Xabar qilinishicha, Tramp Kusherni chorshanba, 7 mart kuni, AQSh Davlat departamenti va Milliy xavfsizlik kengashi amaldorlari hamrohligida «jo‘natib yuboradi».

Kushner Meksika TIV rahbari Luis Videgaray bilan ham uchrashadi.

«Uchrashuv davomida ikki tomonlama kun tartibdagi turli masalalar holati ko‘rib chiqiladi», - deya ma'lum qilishdi Meksika TIVdan.

Mavzuga oid