Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Artel, Akfa, Imzo va Samsung korxonalari Tojikistondagi Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida qatnashishmoqda

Foto: Artel
9-11 mart kunlari Artel, Akfa, Imzo va Samsung korxonalari Tojikistondagi Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tayotgan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida qatnashishmoqda.
Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida farmatsevtika, og‘ir va yengil sanoat, avtomobil sanoati, maishiy texnika va elektronika uskunalarini ishlab chiqarish kabi sohalarda ish yurutuvchi korxonalar qatnashmoqda.
Ko‘rgazmaning maqsadi yurtimizning ishlab chiqarish va ekonomik potensiali, sanoatimiz yutuqlari va muvaffaqiyatlari, investitsion loyihalari, turizmning rivojlanish darajasi, madaniy va tarixiy yodgorliklari bilan yaqindan tanishtirish, hamda Tojikiston korxonalari bilan yangi hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishdir.

Made in Uzbekistan ko‘rgazmasida Artel korxonasi gaz plita, mini-pech, mikroto‘lqinli pech, sovitkich, konditsioner, dudbo‘ron, kir yuvish mashinasi, televizor, smarfton va boshqa mahsulotlarni taqdim etgan.
Hozirda Artel maishiy texnikasi Tojikiston bozorlarida faol sotilmoqda. Artel changyutkichlari, mini-pechlari, gaz-plitalari hamda televizorlari esa Tojikiston xalqining hurmatiga sazovor bo‘lgan. Aytib o‘tish boiski, Tojikistonda Artel savdo uyi bir yildan beri muvaffaqiyatli ishlab kelmoqda. Dushanbe shahrining aholisi Artel savdo uyining keng assortimenti bilan yaqindan tanishish va sotib olish imkoniyatiga ega.

Akfa va Imzo korxonalari alyuminiy profillar, plastik oyna, isitish radiatorlari, plastik profillar kabi mahsulotlarni taqdim etishgan. Akfa O‘rta Osiyoda alyuminiy va plastik profillar, hamda isitish radiatorlari ishlab chiqaruvchi eng yirik korxona hisoblanadi. Akfa mahsulotlari yuqori sifatga ega va Tojikiston bozorlarida faol sotilmoqda.
Shuningdek, ko‘rgazmada Artel va Samsung korxonalarining hamkorlikda ishlab chiqargan mahsulotlari mavjud. Samsung korxonasi televizorlar, monitorlar, kir yuvish mashinalari, changyutkich, sovitkich va konditsioner kabi mahsulotlarni taqdim etgan. Endilikda Samsung xalqaro korxonasining mahsulotlarini Tojikiston bozorlarida hamyonbop narxlar bo‘yicha sotib olish imkoniyati bor.


O‘zbekiston va Tojikiston hukumatlari tomonidan uyushtirilgan Made in Uzbekistan ko‘rgazmasi davlatlar orasidagi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, hamda Tojikiston davlati xalqi uchun milliy korxonalarimizning mahsulotlari va ularning xususiyatlari bilan yaqindan tanishtirish uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
Qo‘shimcha ma'lumot uchun artelgroup.org rasmiy sahifasiga tashrif buyuring.
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

18:17 / 28.02.2024
Artel 2026 yil yakuniga qadar Superliga titul homiysiga aylandi

16:22 / 06.02.2024
Jahongir Ortiqxo‘jayev: “Biz importga har qanday cheklov qo‘yishga qarshimiz, u bizga zarar”

21:55 / 23.01.2024
Ochiq muloqot: Maishiy texnikachilar va Otabek Bakirov bahsi

17:40 / 12.10.2022