AQShda Hyundai va Kia mashinalaridagi nosozlik sababli yuz bergan o‘lim holatlari tergov qilinmoqda

Foto: Lee Jin-man / Associated Press
AQSh hukumati Hyundai va Kia kompaniyalari avtomobillarida xavfsizlik yostiqchalari bilan yuz bergan nosozliklar sababli haydovchilar va yo‘lovchilar o‘limlari tergov qilinmoqda. Bu haqda AQShning avtomobil transporti harakat xavfsizligi milliy boshqarmasida ma'lum qilindi.
“Nosozliklarni tergov qilish boshqarmasiga hozirda Hyundai va Kia modellari ishtirokidagi to‘qnashuvlar jiddiy oqibatlarga olib kelgan 6 ta avtofalokat haqida ma'lum. Bu avtofalokatlardagi ro‘parama-ro‘para to‘qnashuvda xavfsizlik yostiqchalari ishlamagan. Umumiy hisobda yo‘l-transport hodisasi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 6 kishi yaralangan”, deb aytilgan boshqarma xabarida.
Nosozlik 2011 yilgi Hyundai Sonata va 2012-2013 yillardagi Kia Forte modellaridagi xavfsizlik yostiqchalari boshqaruv blokiga elektr uzatilishidagi uzilishlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ushbu bloklar ZF-TRW kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.
Fevral oxirida Hyundai nosozliklar sababli 155 mingta avtomobilini qaytarib olgan. AQSh mutasaddi idoralarining joriy tergovi Hyundai va Kia’ning 425 mingta avtomobilini qamrab olishi mumkin.
Mavzuga oid

19:40
Tramp migrantlarni deportatsiya qilish bo‘yicha harakatlarni kuchaytirishni buyurdi

14:48
Axios: Isroil AQShni Eron bilan urushga qo‘shilishga chaqirmoqda

14:04
Oq uy 36 davlat fuqarolarining AQShga kirishini taqiqlash masalasini ko‘rib chiqmoqda

23:29 / 14.06.2025