Sport | 23:35 / 23.03.2018
14214
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston terma jamoasi Senegal bilan durang o‘ynadi

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

O‘zbekiston terma jamoasi Marokash poytaxti Kasablanka shahrida Senegal bilan o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi.

Birinchi bo‘limning 21-daqiqasida Sardor Mirzayevga nisbatan ishlatilgan qo‘pollikdan so‘ng, bosh hakam Senegal darvozasi tomon penalti belgiladi. Otabek Shukurov uni aniq amalga oshirib, hisobni ochdi.

O‘yinning 64-daqiqasida Mussa Konate hisobni tenglashtirdi. U jarima maydoni ichida bir necha himoyachi orasidan o‘tib ketib, yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi.

Bellashuv oxirida g‘alabani ilib ketishimiz mumkin edi. Ammo Marat Bikmayev yaqin masofadan kuchli zarba yo‘llaganida, to‘p darvoza to‘siniga tegib qaytdi. 

O‘rtoqlik o‘yini
23 mart, Kasablanka, «Muhammad V» stadioni
Senegal - O‘zbekiston - 1:1 (0:1)
Gollar: Mussa Konate (64) - Otabek Shukurov (21 pen)

Hakamlar: Nuriddin Al-Ja'fariy, Yusuf Mabruk, Mustafo Akerkad, Samir Juzzaz (barchasi Marokash).
Senegal: 16.Pape Seydu Ndiayye, 21.Lamin Gassama (18.Ismoila Sarr, 80), 4.Fallu Diagne, 13.Alfred Ndiayye, 2.Papi Jilaboji, 11.Sheyk Ndoyye, 24.Assane Diouseye, 25.Santu Ngom (15.Diafra Sako, 85), 14.Mussa Konate, 19.Bay Umar Niasse (22.Anri Save, 66), 27.Pape Suare (28.Arman Traore, 75)
O‘zbekiston: Ignatiy Nesterov, Akrom Komilov, Anzur Ismoilov, Islom To‘xtaxo‘jayev, Akmal Shorahmedov, Odil Ahmedov, Odil Hamrobekov, Otabek Shukurov (Ikrom Aliboyev, 68), Sardor Mirzayev (Jaloliddin Masharipov, 58), Eldor Shomurodov (Sardor Rashidov, 85), Temurxo‘ja Abduxoliqov (Marat Bikmayev, 68)

Mavzuga oid