Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident qarori bilan ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar soliqlardan ozod etildi

Foto: Huffington Post
Pillachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Qaror bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimidagi Ipakchilik ilmiy-tadqiqot instituti “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi muassisligida muassasa shaklida qayta tashkil etilib, uning moliyalashtirish manbalari belgilab berildi.
“O‘zpaxtasanoat” AJ tarkibidagi tashkilotlarga qarashli ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga tekin foydalanish huquqi asosida o‘ttiz yildan kam bo‘lmagan muddatga foydalanish uchun berildi.
Tutzor maydonlarida yangi quriladigan va ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar yer solig‘i, mulk solig‘i, yagona yer solig‘i hamda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash bo‘yicha to‘lovlardan;
“O‘zpaxtasanoat” AJ tomonidan tekin foydalanish huquqi asosida “O‘zbekipaksanoat” uyushmasi tarkibidagi tashkilotlarga foydalanish uchun berilgan ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar yer, mulk va ijarachining ijara haqi hisoblanadigan foyda solig‘idan ozod etildi.
Qaror bilan shuningdek yangi tut plantatsiyalarini barpo etish parametrlari tasdiqlandi.
Xususan, hozirda mavjud 43 332 gektar tut plantatsiyasiga qo‘shimcha ravishda joriy yil davomida yana 6 430 gektar maydonda yangi tut plantatsiyalari barpo etiladi va 306 ta ipak qurti boqishga mo‘ljallangan inshootlar quriladi.
Mavzuga oid

11:04 / 28.07.2025
Prezident farmon, qaror, farmoyish va topshiriqlari ijrosi nazorati kuchaytiriladi

13:55 / 24.07.2025
2026 yildan transport majburiy sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urta summasi chegarasi ikki baravar oshadi

07:28 / 23.07.2025
Zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha choralar qabul qilindi

15:35 / 17.07.2025