Sergey Lavrov: Markaziy Osiyo beshligining ijobiy munosabatlarini e'tirof etamiz

Foto: KUN.UZ
Markaziy Osiyodagi 5 respublikaning o‘zaro ijobiy munosabatlari rivojlanib bormoqda. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Tinchlik jarayoni, xavfsizlik sohasida hamkorlik va mintaqaviy sheriklik” mavzusida Toshkentda bo‘lib o‘tayotgan xalqaro konferensiyada shunday bayonot berdi.
“So‘nggi yillarda Markaziy Osiyodagi 5 respublikaning o‘zaro munosabatlari ijobiy sur'atda rivojlanib borayotganini e'tirof etamiz. Afg‘oniston muammosi bo‘yicha Markaziy Osiyo davlatlarining sa'y-harakatlari muvofiqlashib borayotganini yuqori baholaymiz.
Lavrov, shuningdek so‘nggi 9 yilda Rossiyaning mintaqa mamlakatlariga taqdim etayotgan ko‘magini ham qayd etdi.
“Rossiyaning Markaziy Osiyo mintaqasiga kiritgan sarmoyasi 20 mlrd dollarni tashkil etmoqda. Rossiyaning so‘nggi 6 yilda turli institutlar vositasida Markaziy Osiyo mamlakatlariga ko‘rsatilgan moliyaviy ko‘magi 6 mlrd dollardan oshadi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan harbiy sohadagi hamkorlik ham rivojlanib bormoqda”, - dedi Sergey Lavrov.
Mavzuga oid

15:23
«Bu muhim hafta bo‘ladi» - Rubio tinchlik muzokaralari haqida

09:11
Lavrov: AQSh birgalikda biznes yuritishdan manfaatdor ekanini bildirdi

23:15 / 26.04.2025
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

09:49 / 24.04.2025