Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
S7 Airlines Samarqandga muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda

Foto: S7 Airlines
Oneworld global aviatsiya alyansi ishtirokchisi bo‘lgan S7 Airlines 2018 yilning 30 aprelidan Moskvadan Samarqandga parvozlarni boshlaydi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Domodedovo aeroportidan Samarqandga S7 Airlines’ning to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam reyslari har dushanba kunlari amalga oshiriladi.
Moskvadan uchish soat 21:35da, Samarqand aeroportiga qo‘nish mahalliy vaqt bilan 03:35da. Samarqanddan ortga reys seshanba kunlari 05:05da yo‘lga chiqadi, Moskvaga 07:20da yetib keladi. Parvozlar Airbus A320 zamonaviy laynerlarida amalga oshiriladi.
Mavzuga oid

14:09
Samarqandda noqonuniy qurilgan 12 qavatli mashhur binoni buzish boshlandi

15:48 / 14.07.2025
The Samarkand express poyezdi loyihasi uchun 25 mln dollar investitsiya kiritilyapti

20:48 / 12.07.2025
Taxtaqoracha dovonida pulli tunnel quriladi

22:00 / 05.07.2025