Tunisda avtobuslar to‘qnashuvi oqibatida 70 dan ko‘proq odam jabr ko‘rdi

Foto: AFP 2018 / Fadel Senna
Tunis shimolida ikki avtobusning to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan, 75 kishi jarohat olgan. Bu haqda Mosaique FM radiostansiyasi ma'lum qildi.
Tikuv fabrikasi xodimlarini olib ketayotgan ikki avtobus to‘qnashuvi Monastir viloyatidagi Moknin okrugida 7 aprel ertalab yuz bergan. Jarohatlanganlardan 3 kishining ahvoli og‘ir deya baholangan. Voqea joyida 9 ta tez yordam mashinasi ish olib borgan.
Tunis ichki ishlar vazirligida ma'lum qilinishicha, avtobuslardan biri quyuq tuman sababli ikkinchi avtobus bilan to‘qnashib ketib, ag‘darilib ketgan. Ta'kidlanishicha, haydovchi to‘xtash zarurligini ko‘rsatgan yo‘l belgilarini inobatga olmagan holda yo‘l harakati qoidasini buzgan.
Tunis prokurori Farid Bin Janing aytishicha, yo‘l-transport hodisasiga sababchi bo‘lgan haydovchi “yo‘l belgilarini inobatga olmaslik oqibatida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi natijasida qasdan qilinmagan shikast va o‘lim yetkazish” ayblovi bilan ushlangan. Ikkinchi haydovchi esa “tegishli ruxsatnomalarga ega bo‘lmagani” uchun javobgarlikka tortildi.
Mavzuga oid

18:00 / 27.01.2025
Singapurda ilk bor haydovchisiz boshqariladigan avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi

23:17 / 08.01.2025
O‘zbekistondan Xitoy, Rossiya va qo‘shni davlatlarga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

12:24 / 20.02.2024
O‘zbekiston va Tunis mintaqalararo hamkorlikni mustahkamlash bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqdi

13:24 / 25.10.2023