Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyat hokimining o‘rinbosari o‘zgardi

Foto: KUN.UZ
Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosarlari safida o‘zgarish bo‘ldi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelgan Rustam Qobilov 16 apreldan e'tiboran Samarqand viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyatini boshladi.
Samarqand viloyat hokimligi matbuot xizmatining Kun.uz’ga ma'lum qilishicha, shu kungacha ushbu lavozimda ishlab kelgan Azamat Mardonovich Umarov o‘z arizasiga ko‘ra ushbu vazifasidan ozod etilgan.
Rustam Rajabboyevich Qobilov 1984 yilning 8 may kuni Toyloq tumanida tug‘ilgan. Samarqand davlat universitetini (bakalavriat, magistratura) tamomlagan. Ma'lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: sotsiolog, iqtisodchi.
2015 yilda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan.
Rustam Qobilov 2005–2009 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakatining Samarqand davlat universitetidagi boshlang‘ich tashkiloti rahbari (jamoatchilik asosida);
2008–2009 yillarda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish instituti Samarqand viloyati mintaqaviy axborot-tahlil markazi ilmiy xodimi (o‘rindoshlik asosida);
2009–2011 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi «Yetakchi yoshlar» markazi rahbari;
2011–2015 yillarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati Samarqand shahar kengashi raisi;
2015–2017 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi a'zosi;
2017–2018 yillarda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Samarqand viloyat kengashi raisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan.
Mavzuga oid

10:31 / 07.08.2025
DXX hududlarda firibgarlik bilan bog‘liq holatlarni aniqladi

19:26 / 05.08.2025
Samarqand viloyati soliq boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

19:08 / 05.08.2025
Samarqand viloyati hokimiga 4 nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi

16:02 / 05.08.2025