Fransiya: endi Suriyada kimyoviy qurol ishlab chiqarish imkoni yo‘q

Foto: Gonzalo Fuentes/Reuters
Fransiya TIV rahbari Jan-Iv Le Drianning ma'lum qilishicha, Suriya AQSh, Buyuk Britaniya hamda Fransiyaning zarbalaridan so‘ng kimyoviy qurolni ishlab chiqara olmaydigan holatga keldi. Bu haqda u Franceinfo radiostansiyasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Ta'kidlanishicha, vazir jurnalistning tegishli savoliga javob qaytarib, shunday dedi: «Hammasi bu endi yuz bermasligidan darak bermoqda».
Uning so‘zlariga ko‘ra, zarbalar davomida Suriya hududidagi omborxonalar, ishlab chiqarish markazi va tadqiqot markazi yo‘q qilingan.
«Barcha obektlar aniq nishonga olindi, amaliyot muvaffaqiyatli o‘tdi», - deya ta'kidlab o‘tgan Le Drian.
Vazirning qayd etishicha, amalga oshirilgan hujum urushni e'lon qilish emas, balki mintaqada kimyoviy qurol tarqalishining oldini olishga qaratilgan harakat bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov Suriyaga uchirilgan raketalarning uchdan ikki qismi urib tushirilgani haqida ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid

23:49 / 29.04.2025
Fransiya Rossiya harbiy razvedkasini muntazam ravishda kiberhujumlar uyushtirib kelganlikda aybladi

08:00 / 29.04.2025
Hindiston Fransiyadan Rafale qiruvchi samolyotlarini sotib oldi

17:28 / 28.04.2025
Bashar Asad otasining jasadi qoldiqlari o‘g‘irlab ketildi – OAV

23:00 / 25.04.2025