Toshkent shahar hokimi boshqa ishga o‘tkazildi

Toshkent shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Rahmonbek Jahongirovich Usmonov vazifasidan ozod etildi. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rahmonbek Jahongirovich Usmonov O‘zbekiston avtomobil transporti agentligi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan. Ayni damga kelib Toshkent shahriga kim yangi hokim etib tayinlanishi haqida xabarlar hozircha yo‘q.
Rahmonbek Usmonov 1960 yil Toshkent shahrida tug‘ilgan, Toshkent avtomobil yo‘llari institutini tamomlagan. Bundan avval Yakkasaroy tumani hokimi, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari sifatida ishlagan. «Mehnat shuhrati» ordeni davlat mukofoti bilan taqdirlangan.
Eslatib o‘tamiz, Usmonov 2012 yilda Toshkent shahar hokimi vazifasiga tayinlangan.
Mavzuga oid

16:29 / 13.06.2025
Toshkentdan xorijga bir necha aviareyslar bekor qilindi

09:17 / 13.06.2025
Eron havo hududi yopilishi tufayli ayrim reyslar Toshkentdagi aerodromga yo‘naltirildi

12:34 / 12.06.2025
Hukumat qarori: Propiskasi yo‘qlar Toshkentda taksichilik qilolmaydi

11:05 / 12.06.2025