Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
FQB sobiq direktori Trampni ayblab chiqdi

Foto: Reuters
FQB sobiq direktori Jyeyms Komining fikricha, AQSh prezidenti Donald Trampning byurodagi ish bo‘yicha ko‘plab salbiy bayonotlari Qo‘shma Shtatlar xavfsizligiga yomon ta'sir ko‘rsatmoqda. Bu haqda u Associated Press’ga bergan intervyusida ma'lum qildi.
Komining ma'lum qilishicha, Trampning FQBga ko‘plab ayblovlari, shuningdek uning Oq uy xodimlarini tekshirish bo‘yicha bergan topshirig‘i aksariyat insonlar endi byuroni «halol, vakolatli va mustaqil» tashkilot sifatida qabul qilmayotganiga olib keldi. Uning fikricha, jinoyatlarning ba'zi qurbonlari FQB xodimi ularga yordam bera olmaydi, degan xulosaga kelyapti. Shuningdek uning bildirishicha, Tramp tashabbusi bilan o‘tkazilgan sud jarayonlari orqali o‘tgan agentlarga jamoatchilik ishonchi yo‘qoldi.
2017 yilning may oyida Tramp Komini FQB direktori lavozimidan bo‘shatdi. Shuningdek, AQSh prezidenti Komi FQB tarixidagi eng yomon direktor bo‘lgani haqida ma'lum qildi.
Mavzuga oid

15:41 / 10.07.2025
AQSh maxsus xizmatlari sobiq rahbarlari ustidan tergov boshlandi

17:17 / 16.05.2025
FTB sobiq direktori Trampni o‘ldirishga chaqirganlikda gumonlanmoqda

17:05 / 04.08.2024
“Undan hatto prezidentlar ham qo‘rqqan” – FQBni o‘lgunicha boshqargan shaxs

21:34 / 26.07.2024