Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 27 mln dollar pora olishda ayblangan amaldor umrbod ozodlikdan mahrum etildi

Foto: CNN
Xitoyning Tyantszin shahri xalq sudi 8 may kuni Xitoy kompartiyasining markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosining sobiq a'zosi Sun Chjentsayni korrupsiya ishi bo‘yicha umrbod qamoq jazosiga mahkum qildi.
Hukm o‘qib eshittirilgandan keyin Sun Chjentsay so‘ngi so‘zida aybini to‘liq tan olib, qilgan ishidan pushaymonligini aytgan. U, shuningdek, hukm adolatli chiqarilganini va u bo‘yicha arz qilmasligini aytgan. Sud qaroriga ko‘ra, sudlanuvchining barcha mol-mulki musodara qilinadi va u barcha siyosiy huquqlardan mahrum etiladi.
Xitoyning oliy xalq prokuraturasi 2017 yil dekabrida Chjentsayni korrupsiyada gumon qilib, unga qarshi tergov boshlagan. Tergov ma'lumotlariga ko‘ra, sobiq amaldor umumiy hisobda 170 mln yuan (27 mln dollar) pora olgan.
Sobiq amaldor shaxsiy foyda olish va turli davlat hamda partiyaviy lavozimlarni egallagan uchinchi shaxslar manfaati yo‘lida xizmat vakolatlarini suiste'mol qilishda ayblangan.
Mavzuga oid

14:22
Toshkentda besh yulduzli «Pekin» mehmonxonasi quriladi

11:48 / 04.08.2025
Rossiya va Xitoy harbiy mashqlari: Yapon dengizida manyovrlar boshlandi

09:59 / 04.08.2025
O‘zbekiston va Xitoy OTM o‘rtasida akademik almashinuv dasturlari kengayadi

23:43 / 03.08.2025