Qashqadaryoning Mirishkor tumani: karam ortilgan karvon yo‘lga chiqdi
Qashqadaryo viloyatining Mirishkor tumani aholisi yaqin-yaqingacha pilla hosilini yilning nishona xirmoni sifatida bilar edi. Bugun innovatsion g‘oyalar tufayli ilk hosil turi ham yangilanib bormoqda.


“BIG AGRO LEGIMUS” MChJ tomonidan «Mirishkor» DFXM dalasiga ekilgan karamlar aprel oyi oxiri bilan pishib, ayni kezda hosilni saranjomlashga kirishildi.

Agrofirma agronomi Abdixoliq Vosiqovning bildirishicha, may oyi boshlanishi bilan eksportbop mahsulotni saranjomlashga kirishilgan. Karam 108 gektar maydonga ekilgan. Qariyb 10 kundan buyon dehqonlar chet elga eksportbop mahsulot jo‘natishmoqda.

Qayd etilishicha, ayni kunga kelib karam ortilgan mashinalar karvoni Rossiya va Shveytsariya davlati tomon yo‘l oldi.

Mavzuga oid

19:37 / 23.04.2025
Qashqadaryoda 14 yoshli o‘smir boshqaruvidagi Gentra YTHga uchradi. Qurbonlar bor

16:04 / 26.03.2025
Shahrisabz aeroporti faoliyatini tikladi

23:40 / 14.03.2025
Qashqadaryoda bosqinchilik bilan shug‘ullanib kelgan jinoiy guruh a’zolari qo‘lga olindi

16:41 / 14.03.2025