O‘zbekiston | 19:09 / 11.05.2018
12452
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston bayrog‘i Turkiy kengashning Istanbuldagi qarorgohida o‘rnatiladi

Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston turkiy tildagi davlatlar hamkorligi Kengashi faoliyatini (Turkiy kengash) ijobiy baholaydi va ushbu tuzilma doirasida iqtisodiyot, savdo, transport, yuk tashuvlari va turizm kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor, deb xabar bermoqda «Anadolu» agentligi.

«O‘zbekiston bayrog‘i Istanbuldagi Turkiy kengash qarorgohida o‘rnatildi. Bu, albatta, Toshkentning Turkiy kengash faoliyatida faol ishtirok etishga tayyorligidan dalolatdir», - deya qayd etib o‘tishgan O‘zbekiston TIVdan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan qo‘shma matbuot anjumanida Toshkent Turkiy kengashga kirishga tayyorligi haqida ma'lum qilgandi. O‘zbekiston prezidenti Toshkent Turkiy kengashning Bishkekdagi sammitida ishtirok etishini xabar bergan.

Mavzuga oid