Yozni unutilmas taassurotlar bilan o‘tkazing. «Zomin Sunrise» taklif etadi

Foto: Zomin Sunrise
O‘zbekistonda prezidentimiz tashabbusi bilan Muruvvat uylariga ta'lim va rivojlanish maqsadlarida xayriya sifatida juda katta mablag‘lar ajratilmoqda.
Xayriya dasturlaridan asosiy maqsad – bolalarning hayoti, rivojlanishi va ta'lim olishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratish hisoblanadi.
Bolalar – bizning kelajagimiz, shu bois poydevor mustahkam bo‘lishi zarur.
Ijtimoiy dasturlar tufayli o‘n, yuz minglab bolalar yanada farovon hayotga erishdi. Ertangi kunga umid va o‘zlariga ishonch uyg‘ondi.
«Zomin Sunrise» bolalar oromgohi ham chetda qolmadi va ushbu ezgu ishlarga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi. Bu yili Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiya nomli, Andijon shahridagi Muhammad Yusuf nomli, Qarshi shahridagi Abdulla Oripov nomli hamda Qoraqalpog‘istondagi Ibroyim Yusupov nomli ona tili va adabiyot fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatlarining iqtidorli o‘quvchilari uchun maktab-internat va «Zomin Sunrise» bolalar oromgohi o‘rtasida imzolangan Memorandum asosida yuqorida tilga olingan har bir maktab-internat o‘quvchilari uchun oromgohimizga 10tadan bepul yo‘llanma ajratilgan. «Ona tili va adabiyoti» fani bo‘yicha yaxshi natijalar ko‘rsatgan bolalar bu yili «Zomin Sunrise» bolalar oromgohida dam olish imkoniyatini qo‘lga kiritishdi.
Bolajonlarni oromgohimizda mamnuniyat bilan kutib olamiz va maroqli dam olishlari, o‘zlari bilan yorqin taassurotlar olib ketishlari uchun bor imkoniyatlarimizni ishga solamiz.
«Zomin Sunrise» bolalar oromgohi 2018 yil yozgi ta'tilni ajoyib tarzda o‘tkazish uchun unutilmas taassurotga ega bo‘lishga taklif etadi!

Murojaat uchun telefon: +998 95 144 77 33
Bizning saytimiz: http://zominsunrise.uz
Telegramdagi kanalimiz: https://t.me/zominsunrise
Instagramdagi sahifamiz: https://instagram.com/zominsunrise
Feysbukdagi sahifamiz: https://facebook.com/zominsunrise
«Zomin Sunrise» bolalar oromgohi ma'muriyati
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid

16:13 / 31.03.2025
Samarqanddagi sammit sabab ba’zi talabalarga qisqa muddatli ta’til beriladi

19:43 / 17.03.2025
Maktablarda bahorgi ta’til 21 martdan boshlanadi

18:10 / 10.01.2025
Shavkat Mirziyoyev qisqa muddatli mehnat ta’tilini yakunladi

16:40 / 18.12.2024