O‘zbekistonda Skype, WhatsApp va Viber ishi tiklandi
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining #MITCROADMAP2018 anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanda ishtirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berishicha, «O‘zbektelekom» bosh direktori Farhod Ro‘ziyev O‘zbekistonda Skype, WhatsApp, Viber ovozli ilovalar ishi tiklanganini ma'lum qilgan.
Eslatib o‘tamiz, respublikada Skype ommaviy messenjeridan taxminan 3-4 yildan beri foydalanish imkoni yo‘q edi. Bunga nima sabab bo‘lgani borasida rasmiy xabar ham berilmagan. Shuningdek, so‘nggi paytlarda WhatsApp va Viber bilan ham muammolar paydo bo‘lgandi.
Avvalroq, «O‘zbektelekom» yangi rahbariyati UzPhone milliy messenjerini ishlab chiqishni muzlatib qo‘ygani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

14:16 / 11.06.2025
Rossiya dumasi yagona davlat messenjerini yaratish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi

13:00 / 05.06.2025
«O‘zbektelekom» AJ Humans mobil operatori bilan bog‘liq holat yuzasidan munosabat bildirdi

19:09 / 03.06.2025
Humans O‘zbekistonga qarshi xalqaro arbitrajga da’vo kiritdi

18:01 / 05.05.2025