Kollej o‘quvchilari olib qochilgan mototsiklda daraxtga kelib urildi, bir o‘quvchi vafot etdi
22 may kuni kollej o‘quvchilari M.Yu. va K.M.lar Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida “Max Exem” MChJ binosi oldida qarovsiz qoldirilgan M.Q. va O.X.ga tegishli “Yamaha” rusumli mototsikllarni haydab qochishgan.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, M.Yu. mototsiklni Cho‘ponota ko‘chasida haydab ketayotib boshqaruvni eplay olmay yo‘l chetidagi daraxtga borib urishi natijasida jarohat olib voqea joyida vafot etgan, uning sherigi K.M. ushlangan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bekobod shahrida kollej o‘quvchisi qotillik sodir etgani xabar berilgandi.
Mavzuga oid

17:06
“Sudlashib, Toshkentdagi mingdan ziyod daraxtlarni asrab qolganmiz” - ekofaol Alisher Nasimov

20:34 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

08:50 / 24.04.2025
Toshkentning beshta tumanida issiq suv ta’minoti tiklanadi

17:42 / 22.04.2025