MAK Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishida tariflar pasayganini ma'lum qildi

Foto: KUN.UZ
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 1 iyunidan Toshkent - Qozon - Toshkent yo‘nalishida iqtisodiy klass tariflarini pasaytiradi, deb xabar bermoqda MAK axborot xizmati.
Parvozlar haftasiga ikki marta seshanba va payshanba kunlari Airbus 320 zamonaviy havo laynerlarida amalga oshirilishi aytilgan.
Shu bilan birga, MAK tariflar qanchaga pasayganini ma'lum qilmagan. Biroq, kompaniya saytidagi ma'lumotga ko‘ra, bir tomonga chipta iyun oyi boshida 1,6 mln so‘mdan boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nordwind Airlines aviakompaniyasi 1 iyundan «Toshkent-Qozon» reysini ochayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid

09:50
Toshkentda uchta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

23:21 / 08.05.2025
Toshkentning ayrim ko‘chalarida 9 may kuni transport vositalari harakati cheklanadi

14:56 / 06.05.2025
Toshkentda “zakladka” bilan shug‘ullangan talaba 12 yilga qamaldi

22:14 / 05.05.2025