Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda chet ellik jarrohlar 16 ta murakkab operatsiya o‘tkazishdi
Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasida “Profilaktik tibbiyot: bugun va kelajakda” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani doirasida mahorat darslari o‘tkazildi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Germaniya xalqaro hamkorlik tashkiloti (GIZ), “KARL STORZ” vakilligi va institut ma'muriyati tomonidan tashkil etildi
O‘zbekistonda onalar va bolalar salomatligiga e'tibor ustuvor yo‘nalishlardan sanalib, ushbu sohada tibbiy xizmat sifatini oshirish bo‘yicha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. GIZ loyihasi aynan shu yo‘nalishda bir qator tadbirlar o‘tkazib kelyapti.
Andijon Tibbiyot institutida mahorat darslari doirasida o‘tkazilgan jarrohlik operatsiyalarida ayollardagi ginekologik va bolalar neonatal jarrohlik amaliyotida yuqori texnologiyalardan foydalanish usullari namoyish etildi.
Ilmiy-amaliy anjuman doirasida 16 ta ana shunday operatsiyalar o‘tkazilib, ellik nafar bemorlarga maslahatlar berildi.
Jarrohlik operatsiyalarida - rossiyalik professor Aleksandr Popov va shu davlatdan tashrif buyurgan yetakchi mutaxassislar Aleksandr Golovin, Aleksandr Idashkin, germaniyalik professor Zalmay Turiallar qatnashdi.
Ko‘rgazmali tarzda o‘tkazilgan mahorat darslari anjumanga tashrif buyurgan yaqin viloyatlarning mutaxassislari uchun operatsiya xonasidan anjumanlar zali va o‘quv xonalariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiya qilib borildi.
KUN.UZ muxbiri Elmurod Ermatov, Andijon
Tavsiya etamiz
Navoiyni kimlar zaharlayapti? – ekologiya vaziri izoh berdi
O‘zbekiston | 11:23 / 25.07.2025
Ishdagi ishqning yakuni: selektorda “qo‘lga tushgan” amaldor ishdan olindi
O‘zbekiston | 10:42 / 25.07.2025
Fransiya Falastin davlatini tan oladi - Makron
Jahon | 09:46 / 25.07.2025
Nihoyat: kelayotgan haftada salqin havo oqimi kirib kelishi kutilmoqda
O‘zbekiston | 20:03 / 24.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eronda suv zaxiralari eng past darajaga tushib ketdi
Jahon | 08:27
-
Nemislarning deyarli yarmi hukumat faoliyatidan norozi
Jahon | 08:22
-
Egasiz ko‘chmas mol-mulkni davlat mulkiga o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi
Ko‘chmas mulk | 07:55
-
Germaniya IIV Rossiya fuqarolariga gumvizalar berish to‘xtatilganini tasdiqladi
Jahon | 07:53
Mavzuga oid

15:26 / 25.07.2023
SSV: Korrupsion holatlarga sharoit yaratib bergani uchun tibbiyot instituti mas’ullariga chora ko‘riladi

11:20 / 15.11.2021
Andijon tibbiyot instituti magistri shifokorlar bayrami kuni avtohalokatda vafot etdi

21:40 / 12.10.2021
Andijonda tibbiyot instituti o‘qituvchilarining oyligidan shanbalik uchun pul ushlab qolindi

20:29 / 11.06.2021