Dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratildi

Foto: OAK RIDGE NATIONAL LABORATORYY
Qo‘shma Shtatlar Energetika vazirligi huzuridagi Milliy laboratoriya muhandislari Summit nomli dunyodagi eng kuchli superkompyuter yaratilgani haqida ma'lum qilishdi. Bu haqda MIT Technology Review nashri yozmoqda.
Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Summit’ning ishlash quvvati 200 petaflopsni tashkil etadi, bu soniyasiga suzib yuruvchi vergulli 200 mlrd operatsiyaga tengdir.
«Taqqoslash uchun: Yerdagi barcha yangi mashina bir lahzada qilishi mumkin bo‘lgan narsani bajarish uchun 305 kun davomida har bir soniya ichida operatsiya o‘tkazishi lozim», - deya ta'kidlanadi maqolada.
Summit ishlash quvvati Xitoyning Sunway TaihuLight (93 petaflops) superkompyuteri quvvatidan deyarli ikki barobarga ko‘p. Xitoy qurilmasi bundan avval dunyodagi eng kuchli kompyuter sifatida baholanardi.
Xabar berilishicha, olimlar Summit’dan genlar va saraton kasalliklari o‘rtasidagi ehtimoliy aloqalarni, shuningdek, narkotik moddalarga qaramlik paydo bo‘lishiga aloqador holatlarni topish maqsadida foydalanishmoqchi. Shuningdek, superkompyuter iqlim modellashtirilishida ham qo‘llanilishi mumkin, bu ob-havo bashoratlari aniqlikligiga ijobiy ta'sir ko‘rsatishi lozim.
Mavzuga oid

21:12
Tramp jamoasi uchinchi ehtimoliy impichmentga tayyorgarlikni boshladi

20:43
AQShning 60 mln dollarlik qiruvchi samolyoti Qizil dengizga cho‘kib ketdi

19:29
AQShdan deportatsiya qilinadigan o‘zbekistonliklar maxsus charter reys bilan Toshkentga olib kelinadi

15:27