Sport | 04:18 / 10.06.2018
21302
1 daqiqa o‘qiladi

Ikki jarohat. Jiru AQSh himoyachisi bilan to‘qnashib ketdi

Fransiya terma jamoasi hamda "Chelsi" hujumchisi Olive Jiru AQShga qarshi kechgan o‘rtoqlik o‘yinida (1:1) boshidan jarohat oldi. 

Video thumbnail
{Yii::t(}
O'tkazib yuborish 6s

57-daqiqada Jiru va AQSh himoyachisi Mettyu Miazga yuqoridagi kurash vaqtida boshi bilan to‘qnashib ketdi. Ikki futbolchining ham boshi yorilgan. Jiru jarohatdan so‘ng darhol o‘yinni tark etdi, Miazga esa bir necha daqiqa o‘ynagach, keyin zaxiraga olindi. 

Jahon chempionatining guruh bosqichida Fransiya terma jamoasi Avstraliya, Peru hamda Daniyaga qarshi bahs olib boradi. 

Mavzuga oid