Tabiat taraqqiyotga qarshi: Dubay va Abu-Dabining cho‘l tomonidan “yutib yuborilayotgani” suratlari
Birlashgan Arab Amirliklari nafaqat Dubay va Abu-Dabining salqin savdo markazlari va ko‘zni qamashtiruvchi osmono‘par binolaridan tashkil topgan. Avstraliyalik fotosuratchi Ayrenis Xerek cho‘lda ma'lum vaqt o‘tkazib, u yerdagi manzaralarni drondan suratga oldi. Suratlar esa hayratlanarli chiqqan.
BAA manzaralari tabiat va inson kurashiga yorqin misol bo‘la oladi. Bir vaqtlar hosilsiz yerlar misli ko‘rilmagan tezlik bilan obod qilinib, Dubay 20 yil ichida hech bir jihati bilan ajralib turmaydigan portdan jo‘shqin megapolisga aylandi. Biroq tabiatning javob zarbasi berish odati bor – fotosuratchi aynan shuni o‘z ishlarida aks ettirdi. Uning dron yordamida yuqoridan olingan suratlarida cho‘lning asta-sekinlik bilan BAAning yo‘llari va turar joylarini o‘z domiga tortayotgani aks etgan.








Mavzuga oid

08:39 / 15.06.2025
Erondagi cheklovlar sababli Dubay va Sharm ash-Shayxga aviareyslar jadvali o‘zgartirildi

17:05 / 14.06.2025
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi

00:19 / 28.04.2025
Dubay turistlar uchun yangi talablarni e’lon qildi

14:36 / 25.04.2025